Tramp ijtimoiy tarmoqdagi postida oʻzini «qirol» deb atadi

Tramp ijtimoiy tarmoqdagi postida oʻzini «qirol» deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp oʻzini «qirol» deb atadi, chunki oʻz ma'muriyati Nyu-York shahridagi «tirbandlik toʻlovini» bekor qilganini e'lon etdi.
Tramp ijtimoiy tarmoqdagi postida oʻzini «qirol» deb atadi
Foto: X/WhiteHouse
«Tirbandlik toʻlovi yoʻqoldi. Manhetten va butun Nyu-York qutqarildi. Yashasin, bizning qirolimiz!», deb yozdi Tramp oʻzining Truth ijtimoiy tarmogʻida.

Ushbu bayonotdan soʻng, Oq uyning rasmiy akkaunti Trampni boshida toj kiygan qirol sifatida tasvirladi.

Tramp va Oq uyning «qirol» haqidagi postlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokama mavzusiga aylandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar