13:28 / 22.02.2025
212

“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qoʻyildi

“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qoʻyildi

Foto: AP
“Titanik” kemasining chekish xonasidan olingan toʻqqiz kilogrammlik oltin qandil Nyu-Jersi shtatidagi muzeyda namoyishga qoʻyildi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.

Qandil Atlantika okeani tubida 75 yil yotgandan soʻng 1987 yilda quruqlikka chiqarilgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, birinchi klassdagi erkaklar chekish xonasini bezagan bu buyum yaxshi saqlanib qolgan. Qandil kemadan olingan boshqa 250 ga yaqin noyob buyumlar bilan birga koʻrgazmada namoyish etilmoqda.

Koʻrgazma shunday tashkil etilganki, tashrif buyuruvchilar oʻzlarini “Titanik” yoʻlovchilari rolida his qilishi va laynerning qurilishidan halokatga qadar bosib oʻtgan yoʻlini kuzatishi mumkin. Muzeyda hatto qayta tiklangan xonalarni koʻzdan kechirish va sun'iy aysbergni ushlab koʻrish, fojia kunidagi kabi sovuqni his qilish imkoniyati mavjud.

Koʻchma ekspozitsiya avval Bostonda namoyish etilgandi. Butun dunyo boʻylab uni taxminan 35 million kishi tomosha qilgan. Nyu-Jersi shtatida uni 1 sentyabrgacha Jersi-Siti shahridagi Liberty ilm-fan markazida tomosha qilish mumkin.

Avval “Titanik”ning 700 dan ortiq yoʻlovchisini qutqargan Britaniya paroxodi kapitaniga sovgʻa qilingan tilla soat auktsion orqali 1,56 million funt sterlingga sotilgandi. Soatni amerikalik xususiy kollektsioner xarid qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo