22:27 / 23.02.2025
295

Zelenskiy: «Agar bu Ukraina uchun tinchlikni kafolatlasa, men lavozimdan ketishga tayyorman»

Zelenskiy: «Agar bu Ukraina uchun tinchlikni kafolatlasa, men lavozimdan ketishga tayyorman»
Foto: Vitaliy Nosach / RBK-Ukraina
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatda tinchlikni oʻrnatish uchun egallab turgan lavozimidan ketishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda u Kiyevda oʻtkazilgan «Ukraina. 2025 yil» forumi doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ta'kidladi.

«Agar bu Ukraina uchun tinchlikni kafolatlasa, men ketishga tayyorman. Yoki lavozimni NATOga [a'zoligiga] almashishga, men hokimiyatda oʻn yillab qolish niyatida emasman», — deydi Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy Ukraina AQShdan 350 milliard dollar emas, balki 100 milliard dollar olganini qayd etdi. «120 milliard dollar — Ukraina, 100 milliard dollar — Evropa va sheriklari, 100 milliard dollar — AQSh. 500 emas, 300 emas va 700 ham emas… Sheriklarimizga hurmat saqlagan holda biz 500 milliard dollarlik qarzni tan olmaymiz», — deydi u.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Bayden bilan AQSh yordami grant ekani boʻyicha kelishganini aytdi. «Grant — bu qarz emas. Men hatto 100 milliard dollarni ham tan olmayman… Men ukrainaliklarning 10 avlodi tomonidan toʻlanadigan biror narsaga imzo chekmayman», — deya ta'kidadi Volodimir Zelenskiy.

Ar-Riyodda oʻtkazilgan Rossiya—Amerika muzokaralaridan keyin Donald Tramp Zelenskiyni keskin tanqid qilmoqda. AQSh prezidentining ma'lum qilishicha, ukrainaliklar orasida Zelenskiyning reytingi pasayib ketgan, shuningdek, Tramp uni «diktator» deb atadi va Ukrainada prezidentlik saylovlarini oʻtkazishga chaqirdi.

Ma'lumot uchun, Vladimir Zelenskiyning besh yillik prezidentlik vakolati 2024 yil mayda yakuniga etgan — shundan beri Rossiya propagandasi va hukumati uning «nolegitimligi» toʻgʻrisidagi tezislarni ilgari surib keladi. Ukrainaning oʻzida bu borada konsensus mavjud, urush davom etarkan, Zelenskiy davlat rahbariligicha qoladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo