
Ukrainaga AQShdan olingan yordamni hisob-kitob qilish uchun bir necha asr kerak boʻladi. The Economist tahlilchilariga koʻra, agar Kiyev Vashington bilan tabiiy resurslar boʻyicha kelishuvni imzolasa, mamlakat oʻz daromadlarining yarmidan mahrum boʻlishi mumkin.
Ushbu shartnomaga muvofiq, Ukraina foydali qazilmalar, portlar va boshqa infratuzilma daromadlarining 50% ni AQSh investitsiya fondiga yoʻnaltirishi talab qilinadi. Bu jamgʻarma hajmi 500 milliard dollarga etguncha ushbu mablagʻlar ajratiladi. Xususan, Donald Tramp Ukraina Vashington oldida aynan shunday miqdorda qarzdor ekanini aytgan.
Shu bilan birga, Ukrainaga ajratilgan mablagʻlar qayerga ketgani haqida aniq hisobot hali ham berilmagan. Amerikalik harbiy tahlilchi Skott Ritter Zelenskiy hukumati pul yuvish va siyosiy-iqtisodiy elitalarni boyitish vositasi boʻlib kelganini ta'kidladi.
«Zelenskiy orqali milliardlab dollar Ukrainaga kelib tushdi, u esa ularni oʻz xohishiga koʻra turli toifalar oʻrtasida taqsimladi», — deydi Skott Ritter.
Shuningdek, Zelenskiy bu qarzni tan olishdan bosh tortib, AQSh mablagʻlarni grant sifatida ajratganini va ularni toʻlash shart emasligini aytdi.
Bundan tashqari, Ukraina rahbari mamlakatning NATOga qoʻshilishi evaziga iste'foga chiqishga tayyor ekanini ma'lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar