
Aktyor Ben Afflek bilan shov-shuvli ajrashishdan soʻng Jennifer Lopes Los-Anjelesning nufuzli Hidden-Hillz tumanida hashamatli koshona sotib oldi. Xonanda yangi uyini 21 mln dollarga xarid qilgan, biroq bitimning aniq summasi oshkor etilmagan.
Hovlining maydoni 10 ming kvadrat metrdan oshadi, uyning oʻzi esa 930 kvadrat metr maydonda joylashgan. Asosiy binodan tashqari, omborxona, otxona, ot minish uchun maydon, mehmonxona va basseyn kabi qoʻshimcha binolar mavjud. TMZ ma'lumotlariga koʻra, Jennifer Lopes “foydali bitim” tuzgan.
Xonandada oldin bu uyga boshqa yulduzlar ham egalik qilgan, ular orasida Gollivud aktyori Silvestr Stallone va Creedence Clearwater Revival gitarachisi Jon Fogerti ham bor.
Aytgancha, Jennifer va Ben oʻzlarining sobiq oilaviy uylari – 2023 yilda xarid qilingan Beverli-Hillzdagi 61 million dollarlik qasrni haligacha sotishmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar