
Foto: Getty Images
SAG Awards-2025 mukofotlash marosimidan soʻng, ijtimoiy tarmoqlarda Selena Gomesning sezilarli darajada ozgani faol muhokama qilinmoqda. Aktrisa qizil yoʻlakka juda maftunkor tarzda chiqdi.
Selena qanday qilib qomatida bunday oʻzgarishlarga erishgani haqidagi savolga muxlislar aktrisaning blogidan javob topishdi. Ikki yil oldin u dori-darmonlar tufayli ozayotganini va semirayotganini aytdi. Ularning diabetga qarshi mashhur preparatga hech qanday aloqasi yoʻq. Bular Selena koʻp yillardan beri kurashib kelayotgan tizimli qizil yugurik (autoimmun kasallik boʻlib, tizimli yalligʻlanish fonida organlar va toʻqimalarning shikastlanishi bilan birga kechadi) qarshi dorilardir.

Foto: Getty Images
“Dorilarni qabul qilganimda menda kuchli shish paydo boʻladi. Ichimda juda koʻp suv yigʻiladi, bu tabiiy. Kurs tugagach, oʻzimga kelaman va odatda vazn yoʻqotaman”, dedi Gomes.

Foto: Getty Images
2013 yilda Gomesga yuqoridagi kasallik tashxisi qoʻyilgan, ammo u 2015 yilgacha tashxisni ommaga oshkor qilmaslikka qaror qilgan. 2018 yilda esa qizda bipolyar buzilish aniqlangan. Shuningdek, Selena kasalligi tufayli farzand koʻrolmasligi haqida gapirib bergandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar