
Foto: SERGEI SUPINSKY/AFP
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 26 fevral, chorshanbaga oʻtar kechasi Krasnodar oʻlkasiga hujum qildi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, nishon Qora dengiz sohilidagi Tuapse porti boʻlgan.
Rossiya hukumati Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari tinch aholi nishonlariga hujum qilgani haqida e'lon qildi. Gubernator Veniamin Kondratev Telegramʼda Tuapse va Temryuk rayonida xususiy uylar shikastlangani, biroq qurbonlar yoʻqligini ma'lum qildi.
Shahar aholisi ijtimoiy tarmoqlarda Tuapse dengiz portiga qilingan hujum haqida yozmoqda, portlashlar aks etgan videolarni joylashtirmoqda. Videolardan birida buzilgan turar joy binosi aks etgan.
Anapa uzra portlashlar
Rossiya Telegram-kanallari Anapa osmonida ham havo hujumidan mudofaa kuchlari ishlayotgani taxmin qilinayotgan portlashlar haqida xabar bermoqda. Sochi aeroportida «Kover» rejasi joriy etildi, reyslarni qabul qilish va joʻnatish vaqtinchalik toʻxtatildi.
Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan «hokimiyati» ham UUA hujumi haqida xabardor qilgan. Qora dengiz uzra toʻrtta dron urib tushirildi.
Ayni vaqtda Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya, Qrim hamda Qora va Azov dengizlari akvatoriyasi ustida 128 ta uchuvchisiz uchish apparati yoʻq qilingani haqida xabar berdi. «Krasnodar oʻlkasi hududida 83 ta UUA, Qrim Respublikasi hududida 30 ta UUA, Azov dengizi suvlarida sakkizta, Qora dengiz suvlarida beshta, Bryansk va Kursk oblastlari hududlarida bittadan UUA urib tushirildi», — deyiladi idora xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar