16:05 / 27.02.2025
83

Xitoylik o‘yinda yutgan Maserati avmashinasi faqat ijara bo‘lib chiqdi

Xitoylik o‘yinda yutgan Maserati avmashinasi faqat ijara bo‘lib chiqdi
Xitoyning Binchjou shahrida yashovchi erkak 14 fevral kuni tun yarmida tashkil etilgan bozorda bolalar o‘yinlaridan birida ishtirok etib, Maserati avtomobilini yutib oldi, deb South China Morning Post xabar berdi. Erkak ushbu o‘yinga 280 dollar sarflagan.

O‘yinda ishtirokchi halqalarni nishonga aniq uloqtirishi kerak edi. Bosh sovrin esa taxminan 235 ming dollar qiymatdagi Maserati avtomobili bo‘ldi.

Van familiyali erkak tavakkal qilib o‘yinda qatnashgan. U uch soat davomida 8 mingga yaqin halqa otgan va natijada bosh mukofotga ega chiqqan. Sovrin sohibi halqa otishdan so‘ng qo‘llari og‘rib qolganini tan oldi. Shuningdek, u bo‘sh vaqtlarida basketbol o‘ynashni yoqtirishini va “uch ochkolik” to‘plarni mohirona tashlashini ham qayd etdi.

Biroq, oradan vaqt o‘tib, avtomobil Vanning mulkiga o‘tmasligi, balki unga faqat bir yilga ijara sifatida berilishi aniqlandi. Erkak kiosk egasi bilan yutuqni pulga almashtirish bo‘yicha kelishishga harakat qilmoqda.

Ba’zi internet foydalanuvchilari Van uchun avtomobildan pul ishlash yo‘llarini taklif qildi. Ular orasida Maseratini to‘ylarga ijaraga berish varianti ham mavjud.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo