21:07 / 05.03.2025
158

"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi

"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi
Klub 2026 yil oxirida ishga tushirilishi rejalashtirilgan hashamatli mehmonxona bo‘yicha Radisson Hotel Group bilan tuzgan hamkorlik shartnomasi haqida e’lon qildi.

Mehmonxona nomi "Etixad" kampusi ostidan oqib o‘tuvchi Medlok daryosidan ilhomlanib, The Medlock deb ataladi.

Yil davomida faoliyat ko‘rsatadigan ushbu hashamatli mehmonxona "Etixad" stadioni va Co-op Live'dagi tadbirlarga tashrif buyuruvchi musiqa va sport muxlislari, shuningdek, kampus va Manchesterni ziyorat qilayotgan mehmonlar uchun qulay va shinam maskan bo‘ladi.

Yuqori toifali mehmonxona Radisson Blu tarmog‘iga qo‘shiladi va klubning Etihad kampusidagi 300 mln funt sterlinglik loyihasining tarkibiy qismiga aylanadi.

Manba: mancity.com

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo