
AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlik muddati yakunlangach, Uber taksi-xizmatiga haydovchi bo‘lib ishga kirmoqchiligini aytib hazillashdi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Obama amerikalik aktrisa Jina Rodrigesga bergan intervyusi davomida Rodriges Obama o‘z vakolatlarini topshirgach nima bilan shug‘ullanishi haqida qiziqib ko‘rgan. AQSh etakchisi Uber’da ishlashini aytib hazillashgan. Biroq aktrisa buni chin deb o‘ylab, bu javobdan hayratlangan.
"Bilasizmi, men ikki haftacha to‘yib uxlab olmoqchiman. Agar jiddiy gapiradigan bo‘lsak, biz maqbul sharoitlarga ega bo‘lmagan yoshlarga imkoniyatlar berish ustida ishlashni davom ettiramiz", deb ta’kidlab o‘tdi Obama. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar