20:45 / 12.03.2025
422

Toksikolog quvur orqali 15 km yo‘l bosib o‘tgan RF harbiylarining qahramonligini baholadi

Toksikolog quvur orqali 15 km yo‘l bosib o‘tgan RF harbiylarining qahramonligini baholadi
Sudja tumanidagi dushman ortiga yerosti gaz quvuri orqali kirgan Rossiya Qurolli Kuchlarining «Potok» hujum operatsiyasi haqida batafsil ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi.

Ushbu operatsiyada 800 nafar harbiy ishtirok etdi va uni amalga oshirish uchun deyarli bir oy tayyorgarlik ko‘rildi. Kichik guruhlarga bo‘lingan harbiylar yopiq muhitda, og‘ir sharoitda to‘rt kun davomida harakat qilishlariga to‘g‘ri keldi, bu vaqtda ular «o‘pkalari yonayotgani»ni his qilishdi.

Operatsiya natijasida kamida oltita mahalliy aholi punkti ozod qilindi.

«Vagner» 3-shturm otryadi va «Vostok» DRSHB qo‘mondoni, «Zombi» laqabli harbiy, operatsiyada «Veterani» brigadasi, 30-motoo‘qchi polki, 11-VDV brigadasi, shuningdek, «Axmat» spesnazi tarkibidagi «Aida» guruhi qatnashganini ta’kidladi.

«Hammamiz shu quvur orqali 15 kilometrdan ortiq yo‘l bosib o‘tdik. Dushman bizni ko‘rmasligi uchun va rejalarimizni oshkor qilmaslik uchun to‘rt kun davomida kichik guruhlarda harakatlandik», — dedi «Vostok» qo‘mondoni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi 72 soat eng qiyini bo‘ldi. Ularning «o‘pkalari yonayotgan», bosh og‘rig‘i va gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lgan. Ular kengligi 1,45 metr bo‘lgan iflos tunnel orqali 16 kmga yaqin masofani emaklab o‘tishga majbur bo‘lishdi.

Harbiylar quvurda bir necha kun o‘tirishgan. Ularni metan gazi, chiqindilar, qusiq hidi qurshagan. Oziq-ovqat va suv deyarli tugagan, ammo 8 mart kuni harbiylar Sudja tumanidagi sanoat hududida paydo bo‘lishdi.

Ular dushmanni kutilmaganda hujumga uchratgani uchun ukrain harbiylari orasida sarosima boshlandi. Rossiyalik harbiylar Cherkasskoye Porechnoye, Malaya Loknya, Martinovka, Pravda, Mixaylovka va Kubatkino qishloqlarini ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi, — dedi «Zombi».

Harbiylarning qahramonligini vrach-patologoanatom, harbiy toksikolog Aleksandr Ediger baholadi va «MK» bilan suhbatda metanning inson organizmiga ta’sirini tushuntirdi hamda quvurni zaharli moddalardan tozalash uchun qancha vaqt kerakligini aytib o‘tdi.

Edigerning fikricha, harbiylar quvurda metan va uglevodorod aralashmasi ta’siriga duch kelishgan. Ularning xavfli konsentratsiyasi va ularning aralashmasi katta tahdid tug‘dirgan. Uning ta’kidlashicha, harbiylar, albatta, zaharlangan.

«Barcha yigitlar reabilitatsiya va detoksikatsiya kurslaridan o‘tishlari kerak. Umid qilamanki, ularning barchasi sog‘ayib ketadi», — dedi u.

Toksikologning aytishicha, bunday uglevodorodlar neyrotrop zaharlar bo‘lib, ular ong yo‘qotish, shok holati, og‘ir hollarda komaga olib kelishi, gallyutsinatsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo