10:04 / 13.03.2025
86

Amerikalik senator Rossiyani sulhga rozi bo‘lishga chaqirdi va sanksiyalar bilan tahdid qildi

Amerikalik senator Rossiyani sulhga rozi bo‘lishga chaqirdi va sanksiyalar bilan tahdid qildi
Amerikalik respublikachi senator Lindsi Grem Rossiyani 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqirib, aks holda yangi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining "X" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

Grem Ukraina tomonidan AQSHning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi qabul qilingani haqida eshitganidan mamnunligini bildirdi.

"Tramp jamoasi, barakalla. Umid qilamanki, Rossiya ham shunga amal qiladi. Agar Rossiya rad etsa, biz unga qarshi sanksiyalar qo‘llashimiz kerak", — dedi senator.

Grem Kongress tomonidan Rossiyaga nisbatan kuchaytirilgan sanksiyalarni joriy etish kerakligini ta’kidladi. U bu cheklovlar nafaqat Rossiyaga, balki uning tovarlarini, jumladan, neft, gaz va uranni sotib oluvchi davlatlarga ham ta’sir ko‘rsatishi kerakligini aytdi.

"Rossiya Ukrainaga qo‘pol bostirib kirishi natijasida allaqachon yengib bo‘lmas iqtisodiy og‘riqni his qilishi kerak edi", — deya qo‘shimcha qildi Grem.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida AQSH va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida 9 soat davom etgan uchrashuvda Ukraina 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilgan, biroq bu shart Rossiyaning ham roziligiga bog‘liqligi ta’kidlangan.

Kreml Jiddada o‘tkazilgan muzokaralarda ilgari surilgan takliflarni o‘rganayotganini ma’lum qildi. Moskva AQSH tomonidan muzokaralar tafsilotlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilishini kutayotganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo