
Kosta-Rika eng do‘stona va ko‘chib o‘tish eng oson bo‘lgan davlat sifatida tan olindi. InterNations o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, ushbu mamlakat ikkita asosiy yo‘nalishda birinchi o‘rinni egalladi va qolgan barcha omillar bo‘yicha top-10 likka kirdi.
Tadqiqot davomida dunyoning 53 ta davlatidan kamida 50 nafar ekspat ishtirok etgan. Kosta-Rikaga ko‘chib o‘tgan odamlarning aksariyati (83 foizi) bu yerda o‘zlarini uydagidek his qilishlari va juda yaxshi kutib olinganliklarini (88 foiz) bildirgan.
Respondentlarning 45 foizining ta’kidlashicha, mahalliy madaniyatga moslashish juda oson. Bundan tashqari, so‘rovda ishtirok etgan ekspatlar mahalliy aholini dunyodagi eng mehmondo‘st deb hisoblagan.
Indeksda ikkinchi o‘rinni Meksika egalladi, u «do‘st topish» kategoriyasida yetakchilik qilmoqda. Ushbu kategoriya doirasida ekspatlarning ijtimoiy hayotidan qanchalik mamnunligi, yangi uylarida do‘stlar orttirgan yoki orttirmagani va mahalliy aholi orasida yangi tanishlar topish qanchalik osonligi baholangan.
Top-3 uchlikka Filippin yakun yasagan. Ushbu mamlakat so‘rovdagi omillarning hech birida 6-o‘rindan pastga tushmagan.
Ekspatlar uchun ko‘chib o‘tish eng qiyin bo‘lgan mamlakatlar sifatida Kuvayt, Norvegiya va Germaniya qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar