
Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) G‘azo sektorida bir kun avval boshlangan quruqlikdagi operatsiya hududini ushbu chiziqning janubiy qismida, Misr bilan chegara yaqinidagi Rafah shahrigacha kengaytirdi. Bu haqda SAHAL Telegram-kanalida 20 mart, payshanba kuni ma’lum qilindi.
«So‘nggi bir necha soat ichida Isroil mudofaa kuchlari Rafahning Shabur hududida quruqlikdagi operatsiyani boshladi», — dedi harbiylar. Ular «bir vaqtning o‘zida G‘azoning shimoliy va markaziy qismida quruqlikdagi operatsiyalarni davom ettirayotganini» qo‘shimcha qildi. SAHAL shuningdek, G‘azo sektoridagi jangchilar pozitsiyalariga aviazarba berganini tasdiqlab, o‘z maqsadini «terrorchilar infratuzilmasini yo‘q qilish» deb atadi.
SAHAL shuningdek, G‘azoda Hamas guruhi ichki xavfsizlik xizmati rahbari Rashid Jajuh o‘ldirilgani haqida xabar berdi. U bu lavozimda 2024 yilning iyulidan beri ishlab kelmoqda. Uning o‘tmishdoshi Sami Ude ham o‘ldirilgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi kunlarda Isroil havo hujumlari va janglarda 530 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi
Yamanda husiychilar Isroilga G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish uchun bergan muddat tugaganidan keyin Isroil bilan bog‘liq kemalarga hujumlarni qayta boshlash bilan tahdid qilishdi. Bu haqda 12 mart kuni AFP agentligi yozgan.
Agentlik tomonidan keltirilgan isyonchilar bayonotida ular Qizil va Arab dengizlari, Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi va Adan ko‘rfazida «barcha Isroil kemalarining o‘tishiga taqiq»ni yangilash niyatida ekani aytiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar