
O‘zbekiston elchixonasida Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universiteti prorektori Odil Qo‘ysinov va Shvetsiyadagi O‘zbek milliy markazi rahbari Zilola Yo‘lchiyeva ishtirokida Skandinaviya mamlakatlarida o‘zbek tilida o‘qitish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston elchixonasi va Shvetsiyadagi O‘zbek milliy madaniyat markazi hamkorligida Skandinaviya mamlakatlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarning farzandlarini o‘zbek tilida o‘qitish loyihasi ishlab chiqildi.
Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universiteti ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash istagini bildirdi. Xususan, dastlabki bosqichda Shvetsiya, Daniya va Norvegiyadagi vatandoshlarning farzandlari uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘zbek tilida onlayn maktab tashkil etiladi.
– Bizning tashabbusimiz davlat-xususiy sheriklik namunasidir, ya’ni Stokholmdagi elchixonamiz ham, Madaniyat markazimiz ham, Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universiteti ham ushbu muhim loyihani ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Hozirda biz veb-saytimizda bolalarning ota-onalari bilan onlayn maktabni qanday yuritish kerakligi haqida so‘rov o‘tkazyapmiz. Nordik xalqaro universiteti ishtirokida Madaniyat markazi negizida onlayn maktab ochishni rejalashtirilmoqda. Bugun biz ushbu universitetning tajribali o‘qituvchilari bilan bo‘lajak loyihaning turli jihatlarini muhokama qildik, – dedi Shvetsiyadagi O‘zbek milliy markazi rahbari dedi Zilola Yo‘lchiyeva.
Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universiteti nomidan Shvetsiyadagi O‘zbek milliy madaniyat markazida tashkil etilayotgan kutubxona fondi uchun darsliklar va badiiy kitoblar taqdim etildi.
Foto: Dunyo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar