18:12 / 25.03.2025
240

Aleksandr Lukashenko yettinchi marta Belarus prezidenti bo‘ldi

Aleksandr Lukashenko yettinchi marta Belarus prezidenti bo‘ldi
Aleksandr Lukashenko 25 mart kuni rasman Belarus prezidentli lavozimiga kirishdi. Inauguratsiya marosimida u qasamyod keltirdi va Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Igor Karpenkodan prezident guvohnomasini qabul qilib oldi.

«Marosimni Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko ochib berib, Belarus xalqining xohishiga ko‘ra, erkin va demokratik saylovlar natijasida Aleksandr Lukashenko mamlakat prezidenti sifatida saylanganini e’lon qildi», — deyiladi Belta agentligi xabarida.

Ta’kidlanishicha, Lukashenko qo‘lini Konstitutsiyaga qo‘yib, Belarus tilida qasamyod keltirgan. Shundan keyin davlat madhiyasi yangragan. Prezident qasamyod qabul qilgani to‘g‘risidagi aktni imzolagan va MSK raisidan prezident guvohnomasini olgan.

Bu Lukashenkoning prezident lavozimidagi yettinchi muddati. Oldinroq MSK yanvar oyidagi prezidentlik saylovlari natijasini tasdiqlagan edi. Unda Lukashenko o‘zi uchun rekord darajada saylovchilar ovozini to‘plagan — 86,82 foiz. 2020 yilgi saylovlarda Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz, 2015 yilda — 83,47 foiz, 2010 yilda — 79,65 foiz, 2006 yilda — 83 foiz, 2001 yilda — 75,65 foiz, 1994 yilda — 80,34 foiz ovoz to‘plagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo