Tramp Yamanga zarba berish haqidagi ma’lumot sizib chiqqanidan darg‘azab bo‘ldi

Dunyo1 daqiqa o'qish503
Tramp Yamanga zarba berish haqidagi ma’lumot sizib chiqqanidan darg‘azab bo‘ldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Signal messenjerida AQSHning husiychilarga qarshi operatsiyasi doirasida Yamandagi zarbalariga oid ma’lumotlar sizib chiqqanidan darg‘azab bo‘ldi. Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.

«Tramp voqeadan xafa bo‘lganini shaxsiy tarzda bildirdi, dedi uning fikri bilan tanish bo‘lganlar, biroq u strategik qarorga kelib, g‘azabini yashirib, omma oldida bir og‘iz so‘z aytmadi», — deyiladi gazeta xabarida.

Tramp The Atlantic jurnali va uning bosh muharriri Jeffri Goldbergning «ishonchliligiga hujum qilish» strategiyasini qabul qildi.

Shu haftada AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Signal messenjeridagi yopiq guruhda Yamanda rejalashtirilgan harbiy operatsiya tafsilotlarini oshkor qilgani xabar berilgan edi.

Xato tufayli The Atlantic nashri bosh muharriri Jeffri Goldberg chatga qo‘shilgani va maxfiy ma’lumotlar muhokamasiga guvoh bo‘lgani xabar qilingandi. Mudofaa vaziri, davlat kotibi, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori va AQSHning boshqa muhim mansabdorlari yozishmalarda qatnashgan.

Foto: Evelyn Hockstein/Reuters

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?