Tramp bojlarni Shveytsariya prezidenti tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda

1 daqiqa o'qish762
Tramp bojlarni Shveytsariya prezidenti tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda
Foto: Swissinfo
Donald Tramp 90 kunlik bojlar to‘xtatilishi haqida e’lon qilganidan bir necha soat oldin Shveytsariya prezidenti va moliya vaziri Karin Keller-Zutter bilan muhim telefon muloqoti o‘tkazgan.

Bloomberg agentligining xabar berishicha, aynan shu suhbat Trampning savdo to‘qnashuvida pozitsiyasini yumshatish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilishda hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan.

Bir vaqtning o‘zida ham moliya vaziri, ham mamlakat prezidenti Keller-Zutter 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan suhbatni ijtimoiy tarmoqda «ochiq va konstruktiv» deb atadi. U Bernning ikki tomonlama savdo bo‘yicha pozitsiyasini bayon etgani va AQSH manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha yo‘llarni belgilaganini ta’kidladi. Tomonlar yaqin vaqtda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olgan.

Bloomberg tahliliga ko‘ra, Shveytsariya prezidenti yarim soat ichida gapning mohiyatiga o‘tgan va aynan shaxsan Trampning moliyaviy manfaatlariga ta’sir qiladigan faktlarga urg‘u bergan.

Keller-Zutter mamlakatining AQSH iqtisodiyotidagi roliga e’tibor qaratgan: Shveytsariya Amerikadagi investitsiyalar bo‘yicha 6-o‘rinda, ishlab chiqarish sohasida — 4-o‘rinda, tadqiqot va ishlanmalar sohasida esa — 1-o‘rinda turishiga urg‘u bergan.

«Men buni prezident Trampga tushuntirdim — va o‘ylayman, bu qaror qabul qilinishda ahamiyat kasb etdi», — degan u.

Avvalroq Tramp Shveytsariyadan keladigan barcha tovarlarga 31 foizlik boj joriy etish niyatida edi — bu Yevropa Ittifoqiga nisbatan belgilangan 20 foizdan ham yuqori. Bu qaror Bernda jiddiy xavotir uyg‘otdi: Shveytsariya iqtisodiyoti eksportga yo‘naltirilgan va bunday yuqori tariflar uning asosiy tarmoqlariga jiddiy zarba bo‘lardi.

Bundan tashqari, «Trump Watches» brendining ayrim luks soat modellari aynan Shveytsariyada ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida 2999 dollarlik xronograf va 100 ming dollarlik Tourbillon modeli bor. Bojlar ushbu ishlab chiqarishni bankrotlik bo‘sag‘asiga olib kelishi mumkin edi.

Shu bilan birga, Shveytsariyadan AQSHga olib kirilayotgan oltin hajmi keskin oshgan, dunyoda esa qimmatbaho metall narxlari tarixiy rekordlarni yangilayotgan bir paytda, Shveytsariya bojlarni to‘xtatishga erishdi.

Endi bu qanchagacha davom etadi, degan savol vujudga kelmoqda: Donald Tramp 3 oydan so‘ng bojlarni qayta joriy etmaydimi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?