
Ummon etakchisi, sulton Qobus ibn Said xorijda uzoq davom etgan davolanishdan keyin "yaxshi ko‘rinishda" Ummonda milliy kun inshonlanishi sharafiga o‘tkazilgan paradda bir yil ichida ilk bor omma oldida paydo bo‘ldi, deyiladi "Kun" nashrida.
Ummon etakchisi Germaniyada davolanib, aprelda uyiga qaytgandi. O‘tgan yil u Germaniyada 8 oy davomida davolangan. Sultonning yo‘qligi uning kasalini davolab bo‘lmasligi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘lgan. Sultonning kasali bo‘yicha uning devonxonasi ham hech qanday ma’lumot bermagan.
Oxirgi oylarda sulton bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan, jumladan AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashgan.
Hozir sulton 76 yoshda. U 1970 yilda o‘z otasini taxtdan ag‘darib hokimiyatni egallagan.
Sulton vafot etadigan bo‘lsa, uning taxtini egallash borasida mushkul vaziyat yuzaga kelishi mumkin, chunki uning bevosita vorislari yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar