
Amerikaning mashhur tezkor ovqat tarmog‘i — KFC Turkiyadagi barcha restoranlarini yopdi.
Bunga sabab bo‘lib, franchayzing egasi “İş Gıda A.Ş.” o‘zini bankrot deb e’lon qilgani ko‘rsatildi. Kompaniyaning 7,7 milliard turk lirasiga yaqin qarzi mavjud bo‘lib, bu 214 million dollarga teng.
Yopilgan nuqtalar orasida 283 ta KFC va 254 ta Pizza Hut mavjud bo‘lib, natijada 7000 dan ortiq ishchi ishsiz qoldi. Savdolarning pasayishi va boykot harakatlari bankrotlikka olib keldi.
KFC Turkiyada ilk bor 1989-yilda ish boshlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar