date
views 781

Tramp Isroilga Eronni urish rejasida yordam bermadi

Tramp Isroilga Eronni urish rejasida yordam bermadi
AQSh prezidenti Donald Tramp aprel oyida Vashingtonda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvda Eronning yadro obyektlariga hujum qilish rejasini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan, deb interfax.ru xabar berdi.

The New York Times'ga ko‘ra, Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh Eronga qarshi harbiy chora ko‘rmasligini, aksincha, muzokaralarga kirishayotganini aytgan. Isroil AQShni o‘zining komandolar reydi va havo hujum kampaniyasida ishtirok etishga undagan, biroq Tramp buni rad etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh hozir Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha diplomatik kelishuvga qaytish ustida ishlamoqda. Netanyahu esa bunday kelishuvga ishonmasdan, yashirin harakatlar va yadro olimlariga qarshi amaliyotlarga urg‘u bermoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Isroilga Eronni urish rejasida yordam bermadi