
Tailandning Nakxonpatxom provinsiyasida mamlakatdagi birinchi sun’iy intellektga ega robot-politsiyachi sinovdan o‘tkazildi. Interesting Engineering xabar berishicha, AI Police Cyborg 1.0 nomi berilgan ushbu zamonaviy qurilma Songkran bayramida xavfsizlikni ta’minlashda o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi.
Robot maxsus kamera bilan jihozlangan bo‘lib, butun provinsiya bo‘ylab o‘rnatilgan videokuzatuv tizimiga ulangan. Shuningdek, u real vaqt rejimida dronlardan olingan ma’lumotlarni qabul qilib, ko‘chalardagi vaziyatni tahlil qiladi va yig‘ilgan ma’lumotlarni boshqaruv markaziga uzatadi.

Robotning eng muhim xususiyatlaridan biri – odamlarning yuzini tanish imkoniyatidir. U xavfli guruhlarga mansub yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tezda aniqlab beradi. Bundan tashqari, robot odamlarning tashqi ko‘rinishini, bo‘yi, jinsi, tana tuzilishi, kiyimi va hatto xatti-harakatlarini ham tahlil qila oladi.
Agar jamoat joylarida janjal yoki zo‘ravonlik boshlansa, AI Police Cyborg 1.0 buni zudlik bilan qayd etadi. Robot pichoq yoki tayoq kabi xavfli buyumlarni osonlik bilan ajratishi mumkin, ammo bayramlarda suv sepish uchun foydalaniladigan o‘yinchoq to‘pponchalarni xavfli vosita sifatida qabul qilmaydi.
Politsiya vakillari fikricha, bu robot xavfsizlikni ta’minlashda yangi bosqichdir. Chunki robot odamlar kabi charchoq his qilmasdan doimiy ravishda kuzatuv olib borishi mumkin. Uning sun’iy intellekti xavfli vaziyatlarga bir lahzada javob qaytarishga qodir.
Bunday zamonaviy tizim Xitoyda ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Mamlakatdagi robotlar odamlar bilan muloqot qiladi, ularning savollariga javob qaytaradi va politsiya patrullariga yordam beradi. Xitoydagi shunday robotlardan biri – PM01 modeli o‘tgan yilning dekabr oyidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Mart oyida esa Logon Technology kompaniyasining RT-G modeli sinovdan o‘tkazilgan, u soatiga 35 kilometr tezlikda harakatlana oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar