date
views 0

Taniqli bloger Goar Avetisyan soliqlar bo‘yicha katta qarzdorlikka tushib qoldi

Taniqli bloger Goar Avetisyan soliqlar bo‘yicha katta qarzdorlikka tushib qoldi
Rossiyaning eng mashhur byuti-blogerlari, vizajist va tadbirkorlaridan biri Goar Avetisyan Rossiya soliq organlariga 55 million rubl (taxminan 670 ming dollar) miqdorida soliq to‘lamasligi sababli jiddiy muammolarga duch keldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Avetisyan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamasa, birinchi navbatda uning hisob raqamlari bloklanishi mumkin. Agar u ushbu vaziyatni bartaraf qilmasa, blogerga nisbatan yanada jiddiy chora-tadbirlar qo‘llanilishi ehtimoli bor.

Goar Avetisyan ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega bo‘lib, uning obunachilari soni 12 milliondan oshadi. U nafaqat bloger sifatida, balki Goar kosmetika brendi asoschisi, Moskvadagi Goar Avetisyan Beauty studiyasi va Goar Avetisyan School maktabi egasi sifatida ham keng tanilgan.

Hozirgi paytda 31 yoshda bo‘lgan Goar o‘zining birinchi millionini 18 yoshidayoq ishlab topgan edi. Uning kosmetika mahsulotlari, makiyaj bo‘yicha kurslari va go‘zallik studiyalari Rossiya bilan birga MDH mamlakatlarida ham ommalashgan. Ayniqsa, Avetisyan O‘zbekistonda, jumladan Toshkent shahrida ham ancha mashhur bo‘lib, muntazam ravishda makiyaj bo‘yicha master-klasslar o‘tkazib kelmoqda.

Goar Avetisyan Samarqandda
Goarning bu kabi moliyaviy muammosi uning obro‘siga ta’sir qilishi mumkin, shu bois, bloger yaqin vaqt ichida bu vaziyatni hal qilish choralarini ko‘rishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Taniqli bloger Goar Avetisyan soliqlar bo‘yicha katta qarzdorlikka tushib qoldi