date
views 157

Xitoylik olimlar vodorod asosidagi portlovchi qurilmani sinovdan o‘tkazdi

Xitoylik olimlar vodorod asosidagi portlovchi qurilmani sinovdan o‘tkazdi
Xitoylik olimlar yadroviy moddalarni qo‘llamay, vodorod asosida yangi portlovchi qurilmaning sinovlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. South China Morning Post nashrining xabar berishicha, mazkur qurilma Xitoy Davlat kemasozlik korporatsiyasi qoshidagi Ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan.

Tadqiqot jarayonida magniy gidriddan foydalanilgan bo‘lib, ushbu kimyoviy modda vodorodni saqlashning samarali shakllaridan hisoblanadi. Magniy gidridda vodorod konsentratsiyasi 7 foizdan yuqori. Oddiy portlovchi modda ishga tushirilganda, magniy gidrid tezda parchalanib, vodorod gazini ajratib chiqaradi va kuchli alanga hosil qiladi.

Sinov jarayonida vazni 2 kilogramm bo‘lgan bomba ishlatilgan. Portlash natijasida harorati Selsiy bo‘yicha 1000 darajadan yuqori bo‘lgan alanga shari ikki soniyadan ortiq vaqt davomida mavjud bo‘lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, shu miqdordagi trotil portlovchi moddasi bilan taqqoslaganda, olovli shar 15 barobar kamroq vaqt davom etgan bo‘lar edi.

Yangi qurilma yaratuvchilari uning portlash kuchini aniq boshqarish mumkinligini ta’kidlashmoqda. Bu esa katta hududlarni bir tekisda yakson qilish imkoniyatini yaratadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik olimlar vodorod asosidagi portlovchi qurilmani sinovdan o‘tkazdi