date
views 319

Ukrainada tungi hujumlar: Kiyev va Xarkiv eng ko‘p zarar ko‘rdi (video)

Ukrainada tungi hujumlar: Kiyev va Xarkiv eng ko‘p zarar ko‘rdi (video)
24 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududlari bo‘ylab ommaviy zarbalar berdi. Hujumlarga Kiyev shahri va Kiyev viloyati, Xarkiv, Jitomir, Dnipropetrovsk, Poltava, Xmelnitskiy, Sumi va Zaporoje viloyatlari uchragan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar mamlakatning 9 viloyati bo‘yicha 40 dan ortiq yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Eng katta zarar Kiyevga yetkazilgan, poytaxtning 13 joyida yong‘in chiqqan. Ayniqsa, Kiyevning Svyatoshinskiy tumanida ko‘p qavatli turar joy binosi vayron bo‘lgan.

Mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 7:30 holatiga ko‘ra, Kiyevda 9 kishi halok bo‘lgan, yana 70 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Xarkiv meri Igor Terexov shaharga 24 marta hujum qilinganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 14 marta dronlar orqali, yana 10 marta esa raketalar yordamida hujum amalga oshirilgan.

"Ko‘p qavatli uylar, shahar poliklinikasi, ta’lim muassasasi, xususiy uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va mehmonxona majmuasi zarar ko‘rgan. Bir kishi kasalxonaga yotqizildi," – deya ma’lum qildi Terexov.

Kiyev viloyatidagi Bucha tumanidagi besh qavatli turar joy binolari, Zaporojeda esa turar joy va ma’muriy binolar zarar ko‘rgan.

Rossiya tomoni Kiyev, Xarkiv va boshqa Ukraina shaharlariga qilingan keng qamrovli hujumlar bo‘yicha hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada tungi hujumlar: Kiyev va Xarkiv eng ko‘p zarar ko‘rdi (video)