
Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Mun Chje Inni pora olishda ayblamoqda. Yonhap axborot agentligiga ko‘ra, u o‘zining sobiq kuyovi aviakompaniyaga ishga joylashishiga yordam berganlikda gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Mun Chje In va uning qizi Da Xe 2018 yilda Thai Eastar Jet aviakompaniyasidan pora olib, qizning eri, janob Soni ushbu aviakompaniyada lavozimga tayinlashgan. Janob So aynan aviakompaniya asoschisi Li Sang-Jik Koreya kichik va o‘rta biznes hamda startaplar agentligi rahbarligiga tayinlanganidan keyin kompaniyaning bosh direktori lavozimiga o‘tgan.
Qayd etilishicha, Li Sang-Jik ham poraxo‘rlik va ishonchni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda. Prokurorlar Lining agentlikka o‘tkazilishi So tomonidan aviakompaniyaga ishga qabul qilinishi evaziga amalga oshirilgan degan fikrda. Bu jarayonda janob Soning aviasohada hech qanday tajribasi bo‘lmagani e’tiborga olinmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, janob So aviakompaniyada ish boshlaganidan so‘ng, Mun Chje In qizining oilasiga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatgan. Prokuraturaning ma’lumotiga ko‘ra, sobiq prezident kompaniyadan ish haqi va boshqa imtiyozlar shaklida taxminan 223 million iyen (taxminan 151 959 AQSH dollari) miqdorida mablag‘ olgan.
Mun Chje In 2017 yildan 2022 yilgacha Janubiy Koreya prezidenti bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar