
Hollivudning mashhur aktyori, millionlab muxlislarning sevimlisi Bred Pitt shaxsiy hayotida yangi sahifa ochmoqda. Ilgari uchinchi marta uylanishga unchalik xohishi bo‘lmagan aktyor bugungi kunda fikrini o‘zgartirib, hatto o‘zining yangi muhabbati – 32 yoshli zargarlik buyumlari dizayneri Ines de Ramonning qo‘lini so‘radi.
Hindistonning Hindustan Times nashrining ma’lum qilishicha, Bred va Ines uch yildan beri munosabatda bo‘lib kelishadi. Aktyor shu yil Yangi Zelandiyada olti hafta davomida film suratga olish ishlariga ketishidan oldin, sevgilisiga turmush qurish taklifini bildirgan va undan ijobiy javob olgan.
«Bred Pitt, nihoyat Anjelina Joli bilan uzoq davom etgan mojaroli ajrashuv jarayonidan so‘ng o‘zini erkin va yengil his qilmoqda. U sevgilisi Inesga har doim uning yonida bo‘lishini va ularning munosabatlari uzoq muddatli ekanligini aytgan», – deydi juftlikka yaqin manbalar.
Ma’lum bo‘lishicha, juftlik bu yilning yoz oxiri yoki kuzning boshida turmush qurishga qaror qilgan. Ular to‘y marosimini kamtarona, shovqin-suronlarsiz o‘tkazmoqchi bo‘lib, unga faqat yaqin qarindoshlari, do‘stlari va bir nechta Gollivud yulduzlarini taklif etish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, bu nikoh Bred Pittning hayotida uchinchisi bo‘ladi. Aktyor birinchi marta 2000 yilda «Do‘stlar» seriali yulduzi Jennifer Eniston bilan turmush qurgan va ular besh yildan so‘ng ajrashgan edi.
Ikkinchi turmushi esa Gollivud yulduzi Anjelina Joli bilan bo‘lgan. Juftlikning munosabatlari 11 yil davom etib, 2014 yilda rasmiy ravishda nikoh qurishgan, ammo ikki yildan so‘ng ajrashishga qaror qilishgan. Ularning rasmiy ajrashuv jarayoni ancha uzoqqa cho‘zilib, faqatgina 2024 yil oxirida rasman yakunlandi. Bred va Anjelina olti nafar farzandning ota-onasidirlar.
Hozirda muxlislar Bred Pittning uchinchi nikohidan umidvor va unga shaxsiy hayotidagi yangi bosqichda muvaffaqiyat va baxt tilamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar