
Eron janubida joylashgan Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida kecha, 26 aprel kuni juda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Tasnim axborot agentligi xabar tarqatmoqda.
So‘nggi olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mudhish hodisa tufayli qurbon bo‘lganlar soni 14 kishiga yetgan. Shuningdek, portlash natijasida jarohat olganlar soni 750 nafardan oshib ketgan. Eron tashqi ishlar vazirligi ushbu raqamlar hali ham ortishi mumkinligi haqida xavotir bilan bildirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, portlash kuchliligi shunchalik bo‘lganki, port atrofidagi bir necha kilometr masofada joylashgan uy va binolarning oynalari ham sinib ketgan. Voqea joyida qutqaruv xizmati va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Eron hukumati portlashning sabablarini aniqlash va bayonot berishga hozircha shoshilmayapti. Biroq dengiz orqali xalqaro yuk tashish xavfini baholash bo‘yicha mashhur Ambrey xususiy kompaniyasi o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, portda raketa yonilg‘isi uchun mo‘ljallangan komponentlarni saqlagan konteynerlar portlagan bo‘lishi mumkin.

Ayni vaqtda Eron rasmiylari portlash sabablarini aniqlash maqsadida tergov ishlarini boshlagan. Tergovchilar hodisa sabablari borasida hali aniq xulosaga kelishmaganini aytmoqda.
Hodisa yuzasidan xalqaro jamoatchilik ham o‘z xavotirlarini bildirmoqda. Kuzatuvchilar bu portlash mintaqa xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirda. Qo‘shimcha ma’lumotlar tergov harakatlaridan keyin taqdim etilishi aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar