date
views 100

Si Szinpinning sog‘lig‘i bo‘yicha yangi taxminlar tarqaldi: Xitoy rahbari insult o‘tkazgan bo‘lishi mumkinmi?

Si Szinpinning sog‘lig‘i bo‘yicha yangi taxminlar tarqaldi: Xitoy rahbari insult o‘tkazgan bo‘lishi mumkinmi?
So‘nggi vaqtlarda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning tashqi ko‘rinish va harakatlarida kuzatilayotgan o‘ziga xos o‘zgarishlar uning sog‘lig‘i haqidagi turli taxminlarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim kuzatuvchilarning fikricha, mamlakat rahbari jiddiy kasallik bilan kurashayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Bu haqda «Kitayskaya ugroza» («Xitoy tahdidi») telegram-kanali xabar tarqatdi. Xabarda ta’kidlanishicha, Si Szinpinning boshini doimiy ravishda chap tomonga egib yurishi ko‘pchilikda u insult kabi og‘ir kasallikni boshidan kechirgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gumonlarni keltirib chiqarmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson bosh miyasining harakat qobig‘i yoki bazal gangliyalar deb ataluvchi qismlari shikastlansa, bo‘yin mushaklarining bir tomoni kuchli tartilib qolishi kuzatiladi. Natijada, insonning boshi beixtiyor bir tomonga egik holatda qolishi mumkin. Si Szinpinda kuzatilayotgan bu holat aynan shu fiziologik muammolar natijasi bo‘lishi ehtimol qilinadi.

Shu bilan birga, hozircha bu taxminlarni tasdiqlaydigan rasmiy yoki tibbiy tasdiqlangan boshqa dalillar mavjud emas. Xitoy rasmiylari ham bu xabarlarga nisbatan hech qanday bayonot bermagan.

Biroq, bunday taxminlarning paydo bo‘lishi birinchi marta emas. Avval ham xalqaro ommaviy axborot vositalari Xitoy rahbarining sog‘lig‘iga oid turli taxminlarni e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, ayrim siyosiy tahlilchilar bu kabi axborotlar Xitoy ichki siyosatidagi muvozanatni o‘zgartirish uchun ataylab tarqatilayotgan bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda.

Xozircha rasmiy Pekin bu mavzuda sukut saqlamoqda va Si Szinpin muntazam tarzda turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etishda davom etmoqda. Uning sog‘lig‘i haqidagi xabarlar esa asosan ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim norasmiy kanallarda tarqalmoqda.

Xalqaro hamjamiyat bu masala bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar berilishini kutmoqda. Ayniqsa, Xitoy kabi yirik mamlakat rahbarining sog‘lig‘i nafaqat davlat ichida, balki butun jahon siyosat saxnasida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpinning sog‘lig‘i bo‘yicha yangi taxminlar tarqaldi: Xitoy rahbari insult o‘tkazgan bo‘lishi mumkinmi?