date
views 7

Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi

Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi
Pokiston tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dar mamlakat harbiylari Hindiston tomoni bilan o‘t ochish rejimini 18 mayga qadar uzaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi.

«Bugun muloqot qildik va o‘t ochishni to‘xtatish 18 mayga qadar o‘z kuchida qoladigan bo‘ldi», — deydi Dar.

Bundan tashqari, 15 may kuni Pokiston TIV Hindiston mudofaa vaziri Rajnatha Singhning Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikni (MAGATE) Pokiston yadroviy qurollarini nazorat ostiga olish borasidagi chaqirig‘iga munosabat bildirdi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi MAGATE hamda xalqaro hamjamiyatni Hindistondan yadro va radioaktiv materiallarning o‘g‘irlanishi va kontrabandasiga oid ma’lumotlarga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro 7 mayga o‘tar kechasi avj oldi: Hindiston armiyasi Pokiston hududidagi nishonlarga zarba berdi. 10 mayga o‘tar kechasi Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlanganini e’lon qildi.

11 may kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini aytdi. O‘z navbatida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi «Sindur» harbiy operatsiyasi doirasida Pokistonga zarbalar berish hozircha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi