07:45 / 25.11.2016
6 771

"Kinder-syurpriz" ishlab chiqaruvchilari nima uchun ichki tergovni yo‘lga qo‘yishdi?

"Kinder-syurpriz" ishlab chiqaruvchilari nima uchun ichki tergovni yo‘lga qo‘yishdi?

Italiyaning Ferrero qandolat kompaniyasi matbuot tomonidan tarqatilgan xabar yuzasidan ichki tergov ishlarini yo‘lga qo‘ydi. OAVda ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lib qolgan "Kinder-syurpriz" shokoladlarini ishlab chiqarishda bolalar mehnatidan foydalanganlik haqida ma’lum qilingan. Kun nashrida bu haqida xabar qilindi.

Kompaniya xodimlarining ishontirib aytishicha, uning ichki qoidalari bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlaydi va ma’muriyat shartnoma bo‘yicha hamkorlik qiluvchi pudratchi firmalarning bu qoidalarga amal qilishini nazorat qiladi.

"Biz Ruminiyada bunday tajribaning qo‘llanishi borasidagi gap-so‘zlardan shokka tushdik va bundan qattiq tashvishdamiz, - deydi Ferrero kompaniyasi vakili. - Biz haqiqat qaror topishi uchun darhol ichki tergov ishlarimizni boshlab yubordik".

Bundan avval Britaniyaning The Sun gazetasi Ruminiyada "Kinder-syurpriz" shokolad tuxumlarining ichiga joylanadigan o‘yinchoqning elim konteynerlarini voyaga etmagan bolalar qadoqlayotgani haqida xabar bergandi. Gazeta jurnalistlari Ruminiya oilasidan intervyu olishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning 3 nafar farzandi (6 yoshdan 11 yoshgacha) pudratchi-firmalarning biridan materiallarni olib, shu ish bilan shug‘ullangan. Oila a’zolari qadoqlangan har mingta o‘yinchoq uchun 20 ley (6,33 AQSh dollari) olishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Kinder-syurpriz" ishlab chiqaruvchilari nima uchun ichki tergovni yo‘lga qo‘yishdi?