
22 may kuni tunda Rossiya qo‘shinlari Xarkiv shahrining Xolodnogorsk tumaniga navbatdagi raketali hujumni amalga oshirdi. Xujum oqibatida shaharda kuchli portlash sodir bo‘ldi va kamida sakkizta xususiy uy zararlandi. Bu haqda shahar meri Igor Terexov o‘zining Telegram-sahifasida ma’lum qildi.
Avvaliga faqat bir kishi jarohat olgani aytilgan bo‘lsa-da, keyinchalik Terexov ikkita fuqaro kuchli stress holatiga tushib, tibbiy yordam olganini ma’lum qildi.
Bu hujumlar fonida Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlarining Xarkiv viloyati chegarasida faol ravishda to‘planishini qayd etmoqda. “Xartiya” 13-tezkor brigadasi shtab boshlig‘i Andrey Pomaxaybusning “Suspilne” telekanaliga bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu Rossiya tomonidan keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan dalolat beradi.
“Ruslar odatda hujumda artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar), og‘ir texnika va piyoda askarlardan bir vaqtda foydalanish taktikasiga amal qiladi. Ular bir yo‘nalishda chalg‘itish urinishlari bilan boshqa nuqtadan asosiy hujumni amalga oshirishga urinadi”, — deydi ukrainalik ofitser.
Hozirda, ayniqsa, Rossiya tomonidan optik tolali, uzoq masofaga parvoz qiladigan dronlar soni keskin ortib bormoqda. Ularning parvoz masofasi 15–30 kilometrga yetadi va bu Ukraina uchun yangi xavfli chaqiriq hisoblanadi. Radioelektron urush tizimlari orqali bunday dronlarni yo‘q qilish amri mahol, dedi Pomaxaybus. Shunga qaramay, Ukraina tomonida ularga qarshi kurashishning samarali usullari ishlab chiqilmoqda.
Zamin.uz tahririyati frontdagi voqelik va yangi tahdidlar ortidan rivojlarni diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Sizcha, Xarkivdagi vaziyat yanada keskinlashishi mumkinmi?
Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar