date
views 239

Quyoshda kuchli chaqnashlar kuzatildi

Quyoshda kuchli chaqnashlar kuzatildi
Bugun, 25-may kuni, Quyoshda ikkita kuchli chaqnash sodir bo‘ldi: biri X sinfiga, ikkinchisi M sinfiga mansub. Bu haqda Rossiyaning Fedorov nomidagi Amaliy Geofizika Instituti xabar bermoqda.

Institut ma'lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 04:52 da Quyoshning 4098 (S05W22) dog‘lar guruhida rentgen diapazonida 17 daqiqa davom etgan X1.1 kuchlanishli chaqnash qayd etilgan.

Shuningdek, Moskva vaqti bilan soat 09:35 da 11 daqiqa davom etgan M sinfiga mansub chaqnash ham kuzatilgan.

Ma'lumot uchun, Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining intensivligiga qarab besh toifaga bo‘linadi: A, B, C, M va X. X sinfiga mansub chaqnashlar eng kuchli hisoblanib, ular kuchli geomagnit bo‘ronlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyoshda kuchli chaqnashlar kuzatildi