date
views 135

Rossiya migrantlar uchun SIM-karta cheklovini joriy qilmoqchi

Rossiya migrantlar uchun SIM-karta cheklovini joriy qilmoqchi
Rossiya Davlat Dumasida muhokamaga qo‘yilgan yangi qonun loyihasi mamlakatdagi migrantlarga nisbatan yana bir cheklovni nazarda tutadi. Bu galgi tashabbusga ko‘ra, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nomiga bittadan ortiq SIM-karta rasmiylashtirish taqiqlanishi mumkin.

Mazkur taklifni Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, bu cheklov mamlakat xavfsizligini mustahkamlash, aloqa tizimi orqali nazoratni kuchaytirish va milliy manfaatlarni himoya qilishga xizmat qiladi.

— Terrorizm, josuslik, kiberfiribgarlik va boshqa tahdidlar ortib borayotgan sharoitda SIM-kartalardan foydalanish imkoniyatlarini nazorat qilish muhim, — dedi Nilov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab migrantlarga 10 tadan ortiq SIM-karta rasmiylashtirish taqiqlanadi. Shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mobil aloqa operatorlari bilan shartnoma tuzishda shaxsan hozir bo‘lib, biometrik ma’lumotlar taqdim etishlari talab qilinadi.

Taqiqlar faqat SIM-karta bilan chegaralanmaydi

Deputat Yaroslav Nilovning migratsiya siyosatiga doir boshqa takliflari ham jamoatchilik e’tiborida. U, jumladan, Rossiya maktablarida o‘qish uchun rus tili imtihonidan uch marta o‘ta olmagan migrant bolalarni yurtiga qaytarish, hamda migrant ayollar uchun bepul tug‘ruqni taqiqlash takliflarini ham bildirgan.

Bunday keskin chora-tadbirlar Rossiyadagi migratsiya siyosatida yangi bosqich boshlanganidan darak berishi mumkin. Ekspertlar esa bunday cheklovlar ijtimoiy munosabatlarga qanday ta’sir qilishini muhokama qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu taklif jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.

Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, aloqa huquqlari va insonparvarlik mezonlari — barchasi bu jarayonda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Rossiyadagi migrantlar esa o‘z kelajagiga qanday ta’sir bo‘lishini xavotir bilan kuzatishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya migrantlar uchun SIM-karta cheklovini joriy qilmoqchi