date
views 157

Isroil vaziri: HAMAS bilan kelishuv – tentaklik!

Isroil vaziri: HAMAS bilan kelishuv – tentaklik!
Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich HAMAS bilan garovdagilarni qisman ozod qilish evaziga muzokaralar o‘tkazish g‘oyasini keskin tanqid qildi. U bunday kelishuvni “kattakon ahmoqlik” deb atadi. Bu haqda vazir ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.

Smotrichning yozishicha, HAMAS harbiy bosimlar va G‘azo sektorida gumanitar yordam taqsimoti tizimidagi o‘zgarishlar tufayli jiddiy inqiroz holatida qolmoqda. Uning fikricha, har qanday cheklangan yoki vaqtinchalik kelishuv terrorchilik harakatiga “nafas olish” imkonini beradi va ularni qayta tiklanishga undaydi — bu esa qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yagona to‘g‘ri yo‘l bu – HAMASga bosimni kuchaytirish va unga “to‘liq taslim bo‘lish bo‘yicha shartnoma”ni qabul qilishga majburlashdir. Bu, jumladan, barcha isroillik garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni o‘z ichiga oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil vaziri: HAMAS bilan kelishuv – tentaklik!