Financial Times: Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasi Yevropa Ittifoqini bo‘lib yuborishi mumkin


Nashrda yozilishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish masalasining o‘tkir muhokama qilinishi Yevropa Ittifoqi vakillari Moskvaga nisbatan qanday munosabatda bo‘lish haqida bir qarorga kela olmaganidan dalolat beradi. Shu hafta bo‘lib o‘tadigan Yevropa rahbarlari sammiti tashkilotning Ukraina inqirozi masalasida bir qarorga kelishi uchun oxirga imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniya, Skandinaviya va Boltiqbo‘yi davlatlari sanksiyalarni uzaytirish, ularning miqyosini yanada kengaytirish tarafdorlari bo‘lib, shu orqali Rossiyani Minsk kelishuvlarini bajarishga hamda Ukrainaning eski chegaralarini tiklashga majbur qilishga chaqirmoqda. Ammo bir necha haftadan buyon Fransiya, Italiya, Ispaniya singari davlatlar mutasaddilari sanksiyalarni kuchaytirish Rossiyani qat’iy choralar ko‘rishga majbur qilishi, buning natijasida Minsk kelishuvlarining amalga oshirilishi xavf ostida qolishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
20 mart kuni bo‘lib o‘tadigan sammitda Yevropa davlatlari rahbarlarida ushbu masala bo‘yicha yagona fikrga kelish uchun yana bir imkoniyat bo‘ladi. Financial Times Yevropa Ittifoqi rasmiy shaxslaridan birining fikrini keltiradi: “Agarda biz qisqa muddatda qaror qabul qilmasak, Rossiyaning Yevropa Ittifoqini parchalab tashlashga qaratilgan targ‘ibotiga yanada kuchliroq duchor bo‘lamiz”.
Manba: www.kun.uz































Izohlar 0
…