
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilish uchun Tehron va Anqara o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish zarurligini aytdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
"Mintaqadagi vaziyat qaltis bo‘lgan bugungi kunda, Tehron va Anqara o‘rtasidagi hamkorlik, hamfikrlikni rivojlantirish hamda o‘zaro aloqalar mintaqadagi muammolarni hal qilishda hammaga foydali bo‘lishi mumkin", deb aytdi Ruhoniy Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra.
Ruhoniyning aytishicha, mintaqa davlatlarining hamkorligi Suriya va Iroqdagi inqirozlarni hal qilish va bu davlatlarda terrorchilikka qarshi kurash uchun zarurdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar