
Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya hududidagi harbiy aerodromlarga bergan oxirgi zarbalari xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim tahlilchilar ushbu harakatlarni faqatgina “terrorchilik akti” sifatida baholabgina qolmay, balki bu xatti-harakatlar Kiyev uchun jiddiy siyosiy va strategik oqibatlarga olib kelishidan xavotir bildirishmoqda.
Polshaning mashhur “Myśl Polska” tahliliy portalida bu haqda chop etilgan maqola, xususan, “O‘rgimchak to‘ri” deb nomlangan mazkur operatsiyaning siyosiy oqibatlari haqida ogohlantirmoqda. Maqolada ta’kidlanishicha, bu voqealar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning xalqaro hamda ichki siyosatdagi mavqeini jiddiy ravishda susaytirishi, unga bo‘lgan ishonchni pasaytirishi va hatto uning siyosiy faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkin.
Ayniqsa, Zelenskiyning ushbu tajovuzkor qarorlari o‘zi uchun ramziy ma’noda “tobutga uriladigan mix” bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. Bu atama Zelenskiyning siyosiy kelajagiga nisbatan jiddiy xavf-xatar mavjud ekanini, uning bu harakatlari nafaqat Rossiya bilan munosabatlarni, balki G‘arb hamkorlari bilan ham munosabatlarini izdan chiqarishi mumkinligini anglatadi.
Maqola muallifi fikriga ko‘ra, ushbu miqyosdagi hujumning tashkillashtirilishi AQSH razvedka xizmatlari tomonidan ma’lum darajada xabarsiz qolishi deyarli mumkin emas. Bu esa, hujumning oqibatlari nafaqat Kiyev, balki Vashington uchun ham jiddiy diplomatik muammolarga aylanishi mumkinligini anglatadi. Bunday vaziyatda Kiyevning tashabbuskorligi nafaqat siyosiy jihatdan, balki strategik jihatdan ham teskari ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini kuchaytiradi.
Aytish joizki, AQSH prezidenti Donald Tramp ham bir necha bor Vladimir Zelenskiy va uning hozirgi siyosiy yo‘nalishiga xavotir bilan munosabat bildirgan edi. Tramp Ukraina tomonining ushbu turdagi harakatlari global nizo xavfini oshirib yuborishi mumkinligidan ogohlantirgan. Hozirgi vaziyat bu xavflarni yanada oydinlashtirib bermoqda.
Xorijiy harbiy mutaxassislar ham mazkur vaziyatni salbiy baholamoqda. Amerika harbiy eksperti, AQSH armiyasining iste’fodagi podpolkovnigi Daniyel Devis aytishiga ko‘ra, Ukraina tomonidan amalga oshirilgan ushbu zarbalar, strategik jihatdan vaziyatni o‘zgartirib yubora oladigan darajada emas. Devisning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy imkoniyatlar farqi shu darajada kattaki, Kiyev tomonining bu harakatlari faqatgina vaziyatni keskinlashtiradi, lekin umumiy manzarani o‘zgartira olmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy jihatdan ham, texnik jihatdan ham, logistik jihatdan ham sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘lib, bu holatda Kiyevning bunday amaliyotlari faqat uning mavqeini pasaytirishi, xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni buzishiga olib keladi.
Ayrim kuzatuvchilarning fikricha, Kiyevning bunday harakatlari xalqaro huquq normalari va diplomatik munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan “tavakkalchilik o‘yini”dir. Ular bu qarorlarning oqibatlari Ukraina uchun nafaqat uzoq muddatli strategik zarar, balki shu kungi siyosiy zararga ham olib kelishini ta’kidlamoqda.
Bu esa o‘z navbatida xalqaro hamjamiyatda Ukrainaga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirib, uning sheriklari va ittifoqdoshlarining Kiyev bilan bo‘lgan munosabatlariga soya solishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Zelenskiy tomonidan qabul qilingan bu qarorlar, xalqaro munosabatlardagi mojarolarni yanada chuqurlashtirishi va Kiyevni xalqaro maydonda jiddiy siyosiy izolyatsiyaga olib borishi mumkinligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Hozirgi holatda Kiyev tomonidan vaziyatni ehtiyotkorlik bilan qayta ko‘rib chiqish va strategiyani o‘zgartirish kerak bo‘ladigan muhim palla kelganligi shubhasiz. Zelenskiyning keyingi qadamlari qanday bo‘lishi va ular qay darajada vaziyatni o‘zgartira olishi — bu savol hozirgi kundagi eng katta savollardan biri bo‘lib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar