
Angliya futbolining afsonasi, millionlab muxlislar qalbini zabt etgan Devid Bekhemning nomi yana bir bor olamshumul e’tirofga sazovor bo‘ldi. BBC Sport xabariga ko‘ra, kelayotgan haftada mashhur futbolchi ritsarlik unvoni bilan taqdirlanadi.
Ushbu yuksak mukofot Britaniya qiroli Charlz III ning rasmiy tug‘ilgan kuni munosabati bilan iyun oyi o‘rtalarida e’lon qilinadigan mukofotlanganlar ro‘yxati orqali beriladi. Shu tariqa, Bekhem rasman “ser” unvonini qabul qiladi, uning rafiqasi, Spice Girls guruhining sobiq a’zosi Viktoriya Bekhem esa “ledi” maqomiga ega bo‘ladi.
Mazkur shonli e’tirof Bekhemning nafaqat futbolchi sifatidagi, balki sportdan tashqaridagi faoliyati, xayriya tadbirlari va diplomatik harakatlari uchun ham berilayotganini ta’kidlash joiz. The Guardian'ning ma’lum qilishicha, Devid va Viktoriya Bekhemlar so‘nggi yillarda qirollik oilasi tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, may oyida Chelsidagi an’anaviy gullar ko‘rgazmasida, fevralda esa Charlz III ning Haygrouv qarorgohida tashkil etilgan Angliya—Italiya munosabatlariga bag‘ishlangan rasmiy kechki ovqatda qatnashishgan.
Bekhemning futboldagi yutuqlari haqida gap ketganda, uning «Manchester Yunayted» safida olti bor Angliya Premer-ligasida chempion bo‘lgani va 1999 yilda Chempionlar ligasida zafar quchgani e’tirofga loyiq. Shuningdek, u «Real Madrid», «Milan», PSJ va «Los-Anjeles Gelaksi» kabi dunyo grandlarida to‘p surgan. Angliya terma jamoasi safida esa 115 ta uchrashuv o‘tkazib, 17 ta gol urgan.
Ayni paytda Bekhem futboldagi faoliyatini boshqacha yo‘nalishda davom ettirmoqda — u Lionel Messi harakat qilayotgan Amerika klubi “Inter Mayami”ning hammuassislaridan biri sanaladi.
Endilikda u nafaqat futbol yulduzi, balki Buyuk Britaniya ritsari sifatida ham tarixda qoladi. Bu nafaqat Bekhemning shaxsiy zafari, balki sport olamidagi fidokorlikning oliy namunasi hamdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar