Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimining uyidan 303 ta oltin quymasi chiqdi

AQShda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Devid Rash bilan bog‘liq yirik ish fosh etildi. The Washington Post xabariga ko‘ra, uning Virjiniyadagi uyidan 40 million dollarlik 303 ta oltin quymasi topilgan.
Tintuv davomida FQB xodimlari qariyb 2 million dollar naqd pul hamda 35 ta lyuks toifadagi soatlarni ham aniqlagan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Rash oltin va xorijiy valyutalarni “xizmat xarajatlari” uchun kerakligini aytib talab qilgan.
Tergovga ko‘ra, u 2025 yil noyabridan 2026 yil martigacha ish beruvchisidan bir necha bor katta miqdorda xorijiy valyuta va oltin quymalarini so‘ragan. Bundan tashqari, Rash yillar davomida o‘zining ma’lumoti va harbiy xizmati haqida yolg‘on ma’lumot bergani ham aytilmoqda.
Hozirda Devid Rash AQSh Marshallar xizmati hibsxonasida saqlanmoqda. Uning hibsga olinishi bo‘yicha sud majlisi 5 iyunga belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!