
Xitoy olimlari tomonidan so‘nggi kunlarda juda jiddiy xavotir uyg‘otuvchi virus — HKU5-CoV-2 aniqlandi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ushbu virus COVID-19'dan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin va u inson hayoti uchun yuqori darajada tahdid soladi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, virus ilk bor ko‘rshapalaklarda qayd etilgan. Ammo uning ayrim shtammlari insonga yuqishi mumkinligi shubhasiz tasdiqlangan. Ya’ni, virus potensial ravishda odamlararo tarqalish qobiliyatiga ega.
Eng qizig‘i va biroq bezovta qiluvchi jihati shundaki, virus ilk bor aynan 2019 yilda koronavirus pandemiyasi boshlangan Uxan shahridagi laboratoriyada aniqlangan. Bu esa, o‘z-o‘zidan jahon ilmiy jamoatchiligida ehtiyotkorlikni yanada oshirishiga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda virus ustidan jiddiy nazorat va tahlil ishlari olib borilmoqda. Olimlar virusning genetik tuzilishi va uning inson organizmiga ta’sirini sinchiklab o‘rganmoqda. Biroq, tadqiqotchilar shuni aniq aytishmoqdaki: agar hozirdanoq kerakli choralar ko‘rilmasa, HKU5-CoV-2 global miqyosdagi navbatdagi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Epidemiologlar bu virusning tarqalishiga qarshi ilk bosqichdayoq qat’iy nazorat mexanizmlarini joriy etish kerakligini ta’kidlashmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro tibbiyot agentliklari bu ma’lumotni diqqat bilan kuzatishni boshlab yuborgan.
Zamin.uz tahririyati HKU5-CoV-2 bilan bog‘liq barcha so‘nggi ma’lumotlarni tezkor ravishda yoritishda davom etadi. Yangi tahdidlar fonida jamoatchilikka eng asosiy tavsiya — xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va rasmiy axborot manbalarini kuzatishdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar