Qozog‘istonda o‘tgan to‘ylardan birini niqobli kishilar bosdi (Video)

Qozog‘istonda o‘tgan to‘ylardan birini niqobli kishilar bosdi (Video)
Qozog‘istonda o‘tgan to‘ylardan birini niqobli kishilar bosdi (Video)

Qozog‘istonda o‘tgan to‘y bazmida tushunarsiz holat ro‘y berdi. Bazm ayni avjiga chiqqanida to‘yxonaga maxsus kiyim kiygan askarlar kirib keldi.

Ularning qo‘lida avtomatlar (balki o‘yinchoq) bo‘lib, yuzlari to‘silgan edi. Egnilarida esa kamuflyaj libos kiyib olishgandi. Ko‘rinishidan ular maxsus askarlarga o‘xshab ketishardi. Bu haqda alau.kz'ga asoslanib Kun.uz yozmoqda.

Ulardan biri mikrofon talashib keksa kishi bilan tortishib qoldi (chin yoki hazilligini bilib bo‘lmas edi). Oxir-oqibat niqoblangan shaxs mikrofonni qo‘liga olishga muvaffaq bo‘lgan va noqulaylik tug‘dirishgani uchun uzr so‘ragan. Voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda va YouTube’da joylashtirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar