
Armaniston siyosiy maydonida yana shov-shuvli voqea yuz berdi. Mamlakatning sobiq bosh vaziri va parlamentning sobiq spikeri Ovik Abramyan qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy Arminfo axborot agentligi Korruptsiyaga qarshi kurash qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Abramyan qator og‘ir jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Jumladan, u pul yuvish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishda ayblanmoqda.
Ovik Abramyan Armaniston siyosatida muhim lavozimlarda faoliyat yuritgan. U 2012-2014-yillarda Milliy assambleya spikeri bo‘lgan bo‘lsa, 2014-2016-yillarda mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Abramyan ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan va unga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan protsessual choralar ko‘rilmoqda.
Armanistonda korruptsiyaga qarshi kurash so‘nggi yillarda sezilarli darajada kuchaygan bo‘lib, sobiq yuqori lavozimli amaldorlarning javobgarlikka tortilishi bu yo‘nalishdagi qat’iy siyosat belgisi sifatida qaralayapti.
Voqea Armaniston jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik bu holatni davlat boshqaruvida ochiqlik va javobgarlik tamoyillarining kuchayib borayotganidan dalolat deb baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar