
Yaqin Sharqda keskinlik tobora kuchaymoqda. Eron Isroilga qarshi yangi zarbalar to‘lqinini boshladi. Bu haqda Eronning nufuzli Fars axborot agentligi rasmiy manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tomonidan Isroil hududiga navbatdagi ballistik raketalar yo‘llandi. Isroil Mudofaa kuchlari bu raketa hujumlarini tasdiqlagan va aholiga zudlik bilan xavfsiz maskanlarga joylashishni buyurgan.
“Joriy vaqtda havo hujumidan mudofaa tizimlari faollashtirilgan. Ular tahdid manbalarini aniqlab, havoda yo‘q qilish ustida ishlamoqda,” — deyiladi Isroil armiyasi matbuot xizmatining bayonotida.
So‘nggi paytlarda Eron va Isroil o‘rtasidagi qarama-qarshilik jiddiy bosqichga yetib borgan. Har ikki tomon o‘z mudofaa salohiyatini safarbar etib, strategik nishonlarga qarshi faol harbiy harakatlarni amalga oshirmoqda.
Ayni vaqtda xalqaro hamjamiyat bu keskinlikning keng miqyosli urushga aylanishidan xavotir bildirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Eronning navbatdagi raketa zarbalari nafaqat harbiy, balki siyosiy bosim vositasi sifatida ham baholanishi mumkin.
Zamin.uz tahririyati Yaqin Sharqda yuzaga kelayotgan vaziyatni doimiy ravishda yoritishda davom etadi. Yangiliklarni biz orqali kuzatib boring. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar