date
views 1 671

Isroil Eronni “ko‘r” qildi: 200 ta samolyot, 330 ta zarba

Isroil Eronni “ko‘r” qildi: 200 ta samolyot, 330 ta zarba
13 iyun, juma kuni bo‘lib o‘tgan maxsus matbuot anjumanida Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) rasmiysi, brigada generali Effi Defrin tomonidan oshkor qilingan ma’lumotlar butun dunyo e’tiborini yana Eron–Isroil qarama-qarshiligiga burdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli aviarazmda 200 dan ortiq harbiy samolyot qatnashgan va 100 ta strategik nishonga qarshi 330 dan ziyod turli o‘q-dorilar qo‘llangan.

Operatsiyaning asosiy maqsadlari qatorida Eronning yadroviy infratuzilmasi, harbiy baza va logistika nuqtalari belgilangan. Ayniqsa, Tehrondagi yuqori ahamiyatga ega obyektlarga F-35, F-16 va F-15 turkumidagi zamonaviy bombardimonchi samolyotlar tomonidan boshqariladigan bombalar 50 km masofaga yaqinlashtirilib tashlangani qayd etildi.

Ajoyib aniqlik va texnologiya afzalligi

Harbiy kuzatuvchilar va Germaniyaning mashhur BILD nashri tahliliga ko‘ra, Isroil bu amaliyotni yuqori aniqlik va strategik ustunlik bilan amalga oshirdi. Taxlilchilarning aytishicha, operatsiya davomida birorta ham Isroil samolyoti yo‘qotilmagan — bu esa jang maydonida texnik va taktik ustunlikni namoyon etadi.

Bundan tashqari, Eronning havo mudofaa tizimi juda zaif reaksiya qaytargan. Aniqlanishicha, javob faqat bitta bazadan kelgan. Bu esa Isroilning havodagi kiberhujum orqali Eron radar tizimini vaqtincha "ko‘r" qilib qo‘yishga muvaffaq bo‘lganini anglatadi. BILD'ning xabar berishicha, Isroil elektron urush orqali bir necha soat davomida Eronning radar va aloqa infratuzilmasini izdan chiqargan.

Aloqa tizimlarida parchalanish va oqibatlar

Harbiy tahlilchilar Hans-Yorg Felevald va Yulian Ryopken ta’kidlaganidek, reyd vaqtida Eronning nafaqat harbiy aloqa tizimlari, balki mobil aloqa, ratsiyalar va hatto shaxsiy peyjerlar ham ishdan chiqqan. Hujum yakunlangach, shundan keyingina aloqa tizimlari qisman tiklangan.

Bu esa nafaqat harbiy zarba, balki axborot urushida ham Isroilning ustunligini namoyon etadi. Bu turdagi «gibrid» amaliyot Eron tomonini nafaqat harbiy, balki psixologik jihatdan ham bosim ostida qoldirgani shubhasiz.

Xulosa o‘rnida

Isroilning ushbu aviarazmi nafaqat strategik nuqtalarga zarba berish, balki raqibning kiber va axborot infratuzilmasini ham izdan chiqarish maqsadini ko‘zlagan. Mazkur amaliyot Eronning mudofaa salohiyati qanchalik noaniq va zaiflashganini namoyon etdi. Voqealar rivoji orqali mintaqa yanada xavfliroq bosqichga kirgani ko‘rinib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Eronni “ko‘r” qildi: 200 ta samolyot, 330 ta zarba