
13-iyun kuni Isroil tomonidan Eron hududiga ilk harbiy zarbalar berilganidan so‘ng, Eron hukumati o‘zining havo makonini favqulodda tarzda yopdi. Ushbu qaror ortidan ko‘plab xalqaro aviakompaniyalar reyslarini bekor qildi yoki yo‘nalishlarda keskin o‘zgarishlarga bordi.
Havo hududining yopilishi eng avvalo Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) bo‘lgan sayyohlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayni vaqtda BAAda taxminan 2000 nafar rossiyalik sayyoh qolib ketgan bo‘lib, ularning bir qismi tatil vaqtida bo‘lgan, boshqalari esa Eron osmoni orqali tranzit uchib o‘tib, Rossiyaga qaytishni rejalashtirgan edi.
Aviatsiya kompaniyalari Eron hududidan o‘tuvchi barcha yo‘nalishlarga vaqtincha cheklovlar joriy etgan. Bu esa Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon kabi shaharlarga yo‘l olgan reyslarning yo‘lini uzaytirdi yoki butunlay to‘xtatdi. Ayrim sayyohlar mehmonxonalarda qo‘shimcha kunlarga qolishga majbur bo‘lmoqda, bu esa ularning xarajatlarini oshirib yubordi.
Rossiyaning Dubaydagi Bosh konsulxonasi vaziyat yuzasidan izoh berar ekan, vatandoshlariga sabrli bo‘lishni, konsullik bilan doimiy aloqa saqlab turishni tavsiya qilmoqda. Konsullik barcha zarur choralarni ko‘rmoqda va aviareyslar tiklanishi bilan sayyohlar vatanga qaytishiga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Ayni vaqtda Eronning havo makoni ochilishi haqida hech qanday rasmiy bayonot berilgan emas. Bu esa yaqin kunlarda yana ko‘plab reyslarning kechikishi yoki bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Zamin.uz tahririyati voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda va eng so‘nggi ma’lumotlarni sizga yetkazishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar