
Qozog‘iston respublikasi parlamentiga mamlakat mustaqilligining 25 yilligiga amnistiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Bu haqida 29 noyabr, seshanba kuni Bosh prokuraturaning rasmiy vakili Nurdilda Oraz xabar berdi.
"Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Majlisga (parlamentning quyi palatasi) amnistiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi", - dedi Oraz RIA "Novosti" muxbiriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi joriy yilning 7 dekabr kuni bosh prokuror Jakip Asanov tomonidan taqdim etiladi.
Qozog‘iston Mustaqillik kunini 16 dekabrda nishonlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar