Bolgariya turizm vaziri vazifalarini bajaruvchi Nikolina Angelkova 2016 yilda Bolgariyaga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar sonining o‘sish dinamikasidan kelib chiqib, bu ko‘rsatkichning yil oxiriga borib, 8 millionga etishi hamda mamlakat aholisi sonidan oshib ketishini taxmin qilmoqda. Bu haqida Kun.uz xabar berdi.
"Biz Bolgariya turizmi tarixida misli ko‘rilmagan kuchli yilni kuzatmoqdamiz. Birinchi to‘qqiz oy ichida Bolgariyaga 7,5 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu esa 2014 yildagi bir yillik ko‘rsatkichdan ko‘pdir", - dedi u Bolgariya turizmi vakillarining UNWTO (jahon sayyohlik tashkiloti) bosh kotibi Tolib Rifoiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
"Agar shu maromda davom etsa, u holda yil oxiriga borib, xorijiy sayyohlar soni 8 million chegarasidan o‘tadi - bu esa mamlakat aholisidan ko‘p degani", - deya aniqlik kiritdi Angelkova.
2014 yil baholariga ko‘ra, Bolgariya aholisi 7,2 million kishidan iborat.
Nikolina Angelkova ikki yil ichida sohaning barqaror rivojlanishida salmoqli natijalarga erishilgani va me’yoriy o‘zgarishlarni qabul qilish jadallashtirilganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi