date

Disneylendda 9 yoshli qiz bilan “to‘y” shov-shuvga sabab bo‘ldi

Disneylendda 9 yoshli qiz bilan “to‘y” shov-shuvga sabab bo‘ldi
Fransiya poytaxti Parijda joylashgan Disneylendda juda shubhali va shov-shuvli voqea ro‘y berdi — 21 iyun kuni tongda to‘y ko‘rinishida tashkil etilgan shaxsiy tadbirda 9 yoshli ukrainalik qizchaga uylanmoqchi bo‘lgan 22 yoshli britaniyalik erkak politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Daily Mail nashrining yozishicha, “to‘y”ga taxminan 100 ga yaqin mehmon taklif etilgan. Tadbir joyiga kelgan mehmonlar orasida qizchaning 41 yoshli onasi ham bo‘lgan. Disneylend xodimlari ushbu noodatiy va shubhali vaziyatni ko‘rib, zudlik bilan politsiyaga xabar berishgan.

Tezkorlik bilan voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchilar erkak va qizchaning onasini hibsga olishdi. Erkak o‘zini prodyuserlik kompaniyasi direktori sifatida tanishtirib, voqea “film suratga olish jarayoni” ekanini iddao qilgan. Ammo bu izoh hech kimni qoniqtirmadi.

Shu bilan birga, prokuratura mazkur “to‘y”ni sahnalashtirilgan deb baholamoqda. Ta’kidlanishicha, qizcha zo‘ravonlikka uchramagan bo‘lsa-da, jinoyat ish qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari boshlangan.

Voqea guvohlaridan biri shunday dedi:
“Hammamiz oddiy to‘yga boramiz deb o‘ylagandik. Hech kim to‘qqiz yoshli qizcha “kelin” ekanini kutmagan. Disneylend xodimlari o‘z vazifasini juda professional darajada bajardi.”

Bu voqea internetda va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muhokamalar asosan bola huquqlari, ota-onalar mas’uliyati va bolalarni suiste’mol qilishga oid masalalar atrofida bo‘lmoqda.

Disneylend ma’muriyati esa bu kabi hodisalarga nisbatan “nol tolerantlik” siyosatini olib borishini ma’lum qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Disneylendda 9 yoshli qiz bilan “to‘y” shov-shuvga sabab bo‘ldi