date

Donald Tramp Isroilni jiddiy ogohlantirdi

Donald Tramp Isroilni jiddiy ogohlantirdi
Bugun, 24 iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil hukumatiga Eronga qarshi bomba tashlamaslikni buyurdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.


Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, agar Isroil Eronga qarshi bomba tashlasa, tinchlik sulhini buzgan bo‘ladi.

“Isroil! O‘sha bombalarni Eronga tashlamang! Agar siz bu ishni amalga oshirsangiz, kelishuvni buzgan bo‘lasiz! Hoziroq harbiy uchuvchilaringizni ortga qaytaring! Uyga qayting”, deya yozgan Oq uy rahbari.

Prezidentning ushbu bayonoti Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kas o‘z harbiylariga Tehron markazidagi obyektlarga kuchli zarbalar berishni topshirganidan keyin yangradi. Vazirga ko‘ra, ushbu zarbalar tinchlik bitimi tuzilganiga qaramay, Eronning Isroilga qilingan hujumiga javob sifatida yo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganidan so‘ng, Erondan Isroil tomon ikki ballistik raketa uchirilgan. Xabarlarga ko‘ra, ikkala raketa ham tutib qolingan. Eron davlat teleradiokompaniyasi esa o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilingandan keyin Eron hududidan raketa uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Isroilni jiddiy ogohlantirdi